Makka yaqinidagi sodir bo‘lgan tiqilinch oqibatida 310 kishi halok bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Makka yaqinidagi Mina vodiysida sodir bo‘lgan tiqilinch oqibatida 310 kishi halok bo‘ldi va 450 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. RIA Novosti Saudiya Arabistoni Fuqaro Mudofaasi vazirligi xabari asosida bergan xabariga ko‘ra, Makka yaqinidagi Mina vodiysida sodir bo‘lgan tiqilinch oqibatida 310 kishi halok bo‘ldi va 450 kishi jarohatlandi. Tiqilinch ziyoratchilar soni juda ko‘p bo‘lganligi  oqibatida sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz ushbu yil Haj safari chog‘ida falokat 11-sentabr kuni ham sodir bo‘lgandi. O‘shanda qurilish krani qulashi oqibatida 109 kishi halok bo‘lgandi.

Makkada tiqilinch tez tez bo‘lib turadi. 15-yil avval piyodalar tunelida 1,5 ming kishi tiqilinchda halok bo‘lgandi. 1994-yilning bahorida 270, 1997-yilda Mina vodiysining chodirlar shaharchasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 340 kishi halok bo‘lgandi. 2004-yilda ko‘prik ustida tiqilinchda 244 kishi halok bo‘lgandi.  

Rossiya Muftiylar kengashi raisi o‘rinbosari Rushan Abbasov RIA Novostiga xabar berishiga ko‘ra, ushbu tiqilinch Makkaning Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun mo‘ljallangan qismida sodir bo‘lgan. Qurbonlar orasida Rossiya fuqarolari bo‘lmasligi kerak, deb izoh berdi.  

Hozircha, O‘zbekistonlik ziyoratchilar orasida zarar ko‘rganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Saudiya Arabistoni hukumati, bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘rishga qaror qildi.

Yangiliklar lentasi
0