TOShKENT, 24 sen – Sputnik. Qurbon Hayit bayrami munosobati bilan O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga chet mamlakatlar rahbarlari tabriknomalar yo‘llamoqda, respublika hukumati portali xabariga ko‘ra.
Islom Karimovni Misr, Turkiya, Eron, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston prezidentlari va Iordaniya qiroli tabriklashdi.
Tabriknomalar orasida BAA prezidenti Abu Dabi va Oman sultoni tabriklari ham bor.
Undan tashqari prezidentni xalqaro tashkilotlar vakillari ham tabriklamoqda. Ular orasida MDH Dinlararo kengashi raisi va Islom Hamkorligi tashkiloti kotibi tabriklari ham bor.