TOSHKENT, 24 sen – Sputnik. Moskva vaqti bilan soat 7:00da muftiy shayx Ravil Gʻaynutdin Qurbon bayramga atalgan xutba oʻqiydi, undan keyin soat 9:00 da bayram namozi oʻqiladi.
Bayram namozi oʻqish maqsadida, musulmonlar erta tongdan Moskva jomeʼ masjidiga yigʻilib kela boshladilar. Machit namozxonalari tong soat 4:00 dan boshlab ishga tushdi.
Bayram tantanalari, odatga koʻra Rossiya Muftiylar Kengashi (RMK)raisi Ravil Gʻaynutdinning matbuot vakillari bilan qisqa uchrashuvidan boshlandi.
Tantanalar oʻtkazilayotgan maydonda chet tillarida soʻzlaydigan RMK koʻngillilari (volonter) bor. Kerak boʻlganda, ular chet eldan kelgan mehmonlarning savollariga javob berishadi va ularga yoʻl koʻrsatishadi.
Bayram arafasida Rossiya poytaxtida oʻn yillik qayta qurilishdan keyin, Moskva jomeʼ masjidi oʻz eshiklarini ochdi. Moskvaga bir necha musulmon davlatlari rahbarlari kelishdi, ochilish marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham qatnashdi.
Yangilangan machit maydoni 20 marta kengaytirilgan. Uning maydoni 19 ming km. Metrni tashkil qiladi, bu esa bir vaqtning oʻzida 10 ming dindorlarga namoz oʻqish imkonini beradi.
Bayram namozi Moskvaning yana besh masjidida va uch maxsus maydonlarida oʻtkaziladi.