TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. "Oʻztransgaz" maxsus texnika va suyuqlashtirilgan tabiy gaz tashish uchun avtotsisternalar sotib olish boʻyicha ikki yirik shartnomani imzoladi. Shartnomalar "Oʻztransgaz" va Samarqand avtomobil zavodi oʻrtasida Isuzu maxsus avtomobillari sotib olish boʻyicha va "Oʻztransgaz" hamda JV MAN Auto-Uzbekistan bilan avtotsisternalar xarid qilish borasida tuzildi. Kompaniya vakili Sputnik ka xabar berishicha.
Narxi eʼlon qilinmagan shartnomalar boʻyicha, 43 MAN avtotsisternalari va 63 Isuzu maxsus avtomobillari sotib olish koʻzda tutilgan.
“Biz JV MAN Auto-Uzbekistanga shartnoma boʻyicha toʻlovni amalga oshirdik. MAN allaqachon tashuvchi avtomobillarni tayorlab boʻlgan, hozirgi paytda esa ularga tsisternalar tayorlamoqda. Barcha texnikani yetkizib berishning oxtirgi muddati — 2015 yilning 1 dekabri”, — dedi kompaniya vakili.
Ushbu texnika sonini kengaytirish, aholini va ijtimoiy sektorni qish pallasida suyuqtirilgan gaz bilan taʼminlash. Hozirgi kunda kompaniya respublika boʻyicha 942,34mingdan ziyod xonadonlarni suyuqtirilgan gaz bilan taʼminlamoqda.
Aholi ehtiyojini qondirish maqsadida “Oʻztransgaz” oxirgi yillarda 45 gaz toʻldiruvchi stantsiyalarni ishga tushirdi, 209 gaz ballon tarqatish xizmat koʻrsatish markazlarini ishga tushirdi, suyuqtirilgan gaz tashish uchun 222 dona vagon-tsisterna va 58 avto tsisternalar sotib olindi.
Faqat oʻtgan yil davomida kompaniya 31 MAN avtotsisternalari hamda 55 Isuzu maxsus avtomobillari sotib olishdi.
Undan tashqari aholini uzuluksiz gaz bilan taʼminlash uchun, “Oʻzkimyosanoati” bilan 60 maxsus vagon-tsisternalarni ijaraga olish boʻyicha shartnoma tuzildi. Ushbu maxsus vagonlar gazni ishlab chiqaruvchi zavodlardan aholiga yetkizib berishga xizmat qiladi.
2018 yilda Oʻzbekiston suyuqtirilgan gaz ishlab chiqaruvchi yangi zavod qurilishini yakunlaydi. Ushbu zavod qiymati 212 million dollar, quvvati yiliga 350 ming tonnagacha suyuqtirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarish.