TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Osiyo Taraqqiyot banki seshanba kuni e’lon qilgan “2015 yilda Osiyo rivojlanish istiqbollari” hisobotida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’atini avvalgidek 7% miqdorida qoldirdi. Shu bilan bir paytda Xitoy va boshqa bir qator Osiyo mamlakatlari o‘sish sur’atini ushbu yil va kelasi yilga kamaytirdi.
Neft va gaz ta’sir ko‘rsatmaydi
MDH davlatlari Instituti iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Aza Migranyan, OTB hisobotiga qanday sabablar ta’sir qilganligini Sputnikka izohlab berdi.
“Ko‘p narsa paxta eksporti hajmiga bog‘liq. Xitoyga ozroq miqdorda gaz eksport qilinadi. Bu davlat iqtisodining xom-ashyoviy tarkibi. Undan tashqari katta miqdorda sanoat mahsulotlari eksport qilinadi, shu jumladan avtomobillar”, — dedi ekspert.
Eksport tuzimi bo‘yicha ham O‘zbekiston iqtisodi turli bo‘limlardan tashkil topgan. Xom ashyodan tashqari O‘zbekiston yuqori texnologik ishlov berilgan mahsulotlar eksport qiladi. Shuni evaziga mamlakat iqtisodi o‘zini o‘zi qutqaradi.
Undan tashqari, O‘zbekiston iqtisodini umumOsiyo susayishidan saqlabqoladigan yana bir narsa — bu iqtisodni davlat tomonidan boshqarilishidir. Narxlar, valyuta kurslari o‘zgarishi davlat tomonidan boshqarilishi, ekspert fikricha, O‘zbekistonning so‘zsiz yutug‘idir.
“Bunday holatda iqtisodni stabil rivojlantirish, erkin bozor iqtisodiga nisbatan, osonroq. Shuning uchun ham O‘zbekiston umumOsiyo iqtisodiy susayish trendiga qo‘shilmaslikka haqqi bor”, dedi iqtisodiyot fanlari doktori.
Osiyo Taraqqit banki analiziga binoanO‘zbekistonga tovarlar importi o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 6%ga kamaydi. “Bu umumjahon va MDH davlatlari iqtisodida ro‘y berayotgan voqealarning umumiy natijasi”, — ekspert fikriga qaraganda.
Migranyanning fikricha xom ashyo importi kamayishi bu ishlab chiqarishning kamayishi bilan bog‘liq, buning natijasi keyinroq iqtisodiy ko‘rsatkichlarga nisban ta’sir ko‘rsatadi.
Inflyatsiya ko‘rsatikichlari o‘zgarmasdan qolgani ham, iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish tizimi bilan bog‘liq.
Undan tashqari, oziq ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash ham o‘z mahsulotlari hisobiga amalga oshiriladi. Bu esa o‘z navbatida inflyatsiya darajasini boshqarishga katta yordam beradi.
Xitoy pastga tortayapti
O‘rta Osiyo mamlakatlari iqtisodi Xitoy iqtisodi sustlashishiga ham bog‘liq. Ma’lumki, chorshanba kuni Xitoy tadbirkorlik faolligi indeksi PMI, oxirgi 6,5 yil mobaynida eng past natijani ko‘rsatdi. Xitoy iqtisodi oxirgi ikki yil mobaynida kuchli tebranishlar ta’siri ostida. Xitoy O‘zbekiston iqtisoditiga ham energetik resurslar iste’molchisi, ham investitsiyalar manbai sifatida ta’sir ko‘rsatadi.
Tadbirkorlik faollligi susayishi bu iqtisodiy rivojlanish susayishi degani emas, bular butunlay boshqacha tushunchalar, deydi iqtisodchi. Avvalambor, sanoat ishlab chiqarish hajmi va sarflanayotgan energiya hajmiga qarash kerak. Ushbu ko‘rsatkichlar Xitoyning O‘zbekiston iqtisodiga kursatayotgan ta’sirni aniq belgilaydi.