“Bunyodkor” murabbiyi iste’foga chiqdi

© FK "Bunyodkor"«Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushan
«Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qarorni Sergey Lushan “Neftchi” jamoasiga boy berilgan o‘yindan keyin qabul qildi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. “Bunyodkor” bosh murabbiyi Syergey Lushan iste’foga chiqish haqida ariza yozdi, klub rahbariyati arizani ko‘rib chiqqandan keyin uni qoniqtirishga qaror qildi, jamoa matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Klub rahbariyati xatida ko‘rsatilishicha, Lushan “qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, jamoa tarkibiga o‘ziga xos uslubga ega bo‘lgan iste’dodli o‘yinchilarni jamoaning asosiy tarkibiga kiritdi. Ular yuqori darajada o‘ynay boshladi va O‘zbekistonning bir qator terma jamoalariga taklif qilinmoqda.”

Murabbiyni “Bunyodkor” futbol maktabi direktori lavozimiga qayta tayinlanadi. Ushbu lavozimda Lusha avval ishlagan.

"Biz Sergey Ivanovich kelajakda nafaqat bizning klub uchun, balki butun o‘zbek futboli uchun, yuqori saviyali futbolchilar tayrlashda davom etishiga ishonamiz”, — deyilgan klub sahifasidagi xabarda.

Lushan 2014yil yozida futbol klubining bosh treneri etib tayinlandi. Uning ish faoliyati davomida jamoa 56 rasmiy matchlarda qatnashdi va 31 g‘alabaga erishdi. Uning rahbarligi ostida “Bundkor” ikki marta O‘zbekiston kubogi finaliga chiqdi. 

Yangiliklar lentasi
0