Moskvada Yevropaning eng katta masjidi ochildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMoskvaning bosh masjidi ochilishi
Moskvaning bosh masjidi ochilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muftiylar kengashi raisining so‘zlariga binoan poytaxtda ajoyib, hashamatli va ulug‘vor masjid qurildi.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Rossiya poytaxtida musulmonlarning eng katta bayrami — Qurbon Hayit arafasida Moskva Jome’ masjidi o‘z eshiklarini ochdi.

Yevropaning eng katta masjidining tantanali ochish marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rejep Tayip Erdogan, Falastin rahbari Maxmud Abbos hamda Yevropa mamlakatlari elchilari qatnashdi. O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi vakillari ham ushbu marosimda qatnashdi.

Rossiya poytaxtiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov, Dog‘iston prezidenti Ramazan Abdulatipov va Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurovlar ochilish marosimida qatnashish uchun kelishdi.

“Moskva Jome’ masjidi – bu bizning dinimiz va birligimiz ramzi. Moskva Jome’ masjidi ochilishi kuni – Rossiya Federatsiyasi uchun davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan voqea va butun islom dunyosi uchun xayrli xabar”, — dedi Rossiya Muftiylar kengashi raisi Ravil G‘aynutdin, marosim boshida.

Moskva Jome’ masjidi - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada yangi Jome’ masjidi ochiladi

Muftiylar kengashi raisi ishonch bilan aytishiga qaraganda, mamlakatning bosh masjidi Rossiyaning diniy va davlat suverenitetini mustahkamlashda, xalqaro va dinlar aro tinchlikni, jamiyatda birdamlikni, Rossiyaning islom dunyosi bilan hamkorligini mustahkamlashda katta foyda keltiradi. 

Yangiliklar lentasi
0