Oxirgi 7-yil davomida Xitoy bilan savdo-sotiq 5 baravar ko‘paydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishTemir yo‘l majmuasi
Temir yo‘l majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozir O‘zbekistonda 500ga yaqin qo‘shma korxonalar ishlamoqda.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. 2007 yildan beri O‘zbekistonning Xitoy bilan savdo sotig‘i 5 baravar ko‘paydi, deydi “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnali.

Ushbu sonlar 22-sentabrda TOshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Xitoy biznes-forumi paytida e’lon qilindi.

Anjumanda neft-kimyo, elektr-texnika, mashinasozlik, energetika sanoatlari va qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va turizm sohasidan mutaxassislar qatnashdi.

XXR biznesmenlari yangi xususiylashtirish dasturi bilan qiziqishdi. Ushbu dasturga ko‘ra 1,2 ming korxonani xususiylashtirish mo‘ljallangan. O‘zbekiston Xitoy tadbirkorlariga qo‘shimcha imtiyozlar taklif qilmoqda.

Uchrashuv O‘zbekiston Savdo va sanoat palatasi hamda Xitoy Xalqaro savdo rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tashkil qilingan. 

Yangiliklar lentasi
0