Qirg‘iziston janubida 5 balli yer qimirlashi sodir bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishYer qimirlash oqibatida paydo bo‘lgan yoriq.
Yer qimirlash oqibatida paydo bo‘lgan yoriq. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer qimirlashi markazi Tosh-Ko‘mir shahridan 25km g‘arbda joylashgan.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Qirg‘izistonda ushbu haftada ikkinchi marta kuchli yer qimirlashi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Qirg‘iziston Fanlar akademiyasi seysmologlari.

Or osti silkinishlari chorshanba oqshom soat 12 lar atrofida sezildi. Silkinishlar kuchi 5 ballni tashkil qildi.

“Yer qimirlashi markazi Qirg‘iziston hududida, Qizil Jar qishlog‘idan 8km, Tosh-Ko‘mir shahridan 25 km masofada joylashgan”, deyishdi seysmologlar.

Yer qimirlashi oqobitida hech kim zarar ko‘rmadi.

Dushanba kuni, 21-sentabrda Qirg‘iziston shimolida Issiq-Ko‘l qirg‘og‘i yaqinida birdaniga ikki yer qimirlashi sodir bo‘lgandi. Ulardan birining magnitudasi 5 ballni tashkil qildi.

Seysmologlar ma’lumotga qaraganda, oxirgi paytlarda, respublikada yer qimirlashlar soni ko‘paygani sezilmoqda. Shu yilning avgust oyidan boshlab respublikada o‘nga yaqin yer osti silkinishlari ro‘y berdi. Qirg‘iziston Favquloda holatlar vazirligi 2015-yilning ikkinchi yarmida respublika hududida magnitudasi 9 ballgacha bir necha yer silkinishlari sodir bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.

Qirg‘iziston seysmologik faol hududda sjoylashgani sababli u yerda juda ko‘p yer qimirlashi sodir bo‘ladi. 2008-yilda Xitoy chegarasiga yaqin joyda joylashgan Nura qishlog‘i, 8 balli yer qimirlashi natijasida, butunlay vayron bo‘lgan edi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0