Toshkentda rassomlar sulolasi ko‘rgazmasi ochildi

© Sputnik / Alisher Soliyev"Lilar oilasi" rassomlar sulolasi ko‘rgazmasi
Lilar oilasi rassomlar sulolasi ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Lilar oilasi” bu bir oilada har xil uslubda ishlaydigan besh rassomni birlashtirgan rassomlar sulolasi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda yaqinda rassomlar sulolasi ko‘rgazmasi ochildi, Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra..  

Taniqli o‘zbek sur’atchisi Petr An, Sputnik muxbiriga aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston rassomchilik san’atida kuchli va ahil ustalarni birlashtirgan “Lilar oilasi” bu noyob fenomen.    

“Ular birgalikda va har biri alohida qiziq. Ularning ijodini oddiy hayotni mo‘’jizaviy ertakka aylantirish xususiyati birlashtirib turadi” – dedi An.

"Oni interesni vmeste i kajdiy v otdelnosti. Obyedinyayet ix tvorchestvo umenie prevratit obichnuyu jizn v chudesnuyu skazku", — otmetil on.

 

Verinisajda tasviriy san’atning kitob grafikasi, estamp, ofort, litografiya, monoprint va boshqa uslub va yo‘nalishlari hamda oila arxividan fotosur’atlar namoyish qilingan.

“Ko‘rgazmada ko‘rsatilgan namunalar bu xamir uchidan patir xolos. Ko‘p yillar davomida bizda yuzlab tasvirlar yig‘ilib qolgan. Asosiysi, hamma o‘zi tanlagan yo‘nalishda ishlaydi. Ikkala Aleksandr ham falsafiy mavzularni yoqtirishadi, Tatana — tabiatda ishlashni, Mariya – xayoliy rassomchilikni yoqtiradi”, — dedi Galina Li.

Galina Li bolalar kitoblari rassom-illyustratori. Bolalar mavzusi uning ijodida eng asosiy mavzu. Galinaning fikricha, bolalar uchun chizilgan sur’atlir sifati boshqa sur’atlardan yaxshiroq bo‘lishi kerak.

Barcha ertak qahramonlari obrazlari juda ifodali, chunki yaqin do‘stlar tanishlar qiyofasidash olingan. Har bir bolalar kitobi bezatishda rassom o‘ziga xos til topgan.

Yaqin kunlarda Galina O‘zbekistonlik kichik o‘quvchilar uchun rus avtorining yangi kitobini bezatishni boshlaydi. 

Yangiliklar lentasi
0