Rossiya TIV: AQSh yadro qurolini Germaniyada joylashtirishi xavotir uyg‘otadi

Obuna bo‘lish
Rossiya, taktik yadro qurolini boshqa mamlakatlarda joylashtirishni ta’qiqlash tarafdori.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. AQShning Germaniyadagi taktik yadro qurolini zamonaviylashtirish rejalari Rossiyani xavotirga solmoqda, deb xabar berdi TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova, Germaniya  ZDF telekanaliga bergan intervyusida. RIA Novosti xabariga ko‘ra.  

Rossiya Tashqi Ishlar Vazirligi vakili aytishiga qaraganda, 90-yillarda Rossiya o‘zining yadro qurollari hajmini to‘rt barobarga kamaytirdi. Yevropada bo‘lsa, FRG, Belgiya, Niderland, Italiya va Turkiya mamlakatlarida taktik yadro qurollari jangga shay holda saqlanib qolmoqda.   

“Amerikaliklar o‘z yadroviy bombalarini yangilashmoqda, NATOning Yevropadagi a’zolari esa  shunaqa bomba tashuvchi samoletlarni yangilamoqda”, — dedi Zaxarova.

Bu kabi rejalar Rossiya Tashqi Ishlar Vazirligida xavotir uyg‘otadi. Xavfsizlik maqsadida Yevropa o‘z harbiy kuchlari va boshqa mamlakat yadro quroli ishtirokidagi o‘quv mashg‘ulotlardan voz kechishi kerak.

 

 

Yangiliklar lentasi
0