Qurbon Hayit

Obuna bo‘lish
24 sentabr - Qurbon Hayit bayrami.

O‘zbekistonda bu yil Qurbon hayit 24-sentabrda nishonlanadi. Ushbu kun dam olish kuni deb e’lon qilingan. 

Qurbon Hayit – musulmonlarning eng katta bayramlaridan biri. Islom dinida aytilishiga qaraganda ushbu kun Ibrohim payg‘ambar Ollohga qurbonlik keltirgan kuni sharafiga bayram qilinadi. 

Bayram kuni tong sahardan musulmonlar tahorat qilib, toza kiyim kiyishadi. Keyin masjidga borib namoz o‘qishadi. Namozdan so‘ng qurbonlik qilinadi va bayram dasturxoni yoziladi. Qurbonlikdan barcha qo‘shnilarga, kambag‘al va nochorlarga tarqatiladi. 

Qurbonlikka atalgan hayvon ma’lum bir qoidalarga muvofiq tanlab olinadi. Kasallangan, oriq yoki qo‘rinishida kamchilliklari bor hayvon qurbonlik qilishga yaramaydi. Qurbonlikni so‘yish ham ma’lum qonun qoidalarga binoan amalga oshirilishi kerak. 

Ushbu urf-odatlar va Qurbon Hayit bayrami haqida infografikamizni tomosha qiling. 

Yangiliklar lentasi
0