Lenovo O‘zbekiston bozorida faol ishlashni boshlaydi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishNoutbuk bilan ishlash.
Noutbuk bilan ishlash. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyning ushbu kompaniyasi O‘zbekistonlik xaridorlar orasida o‘z mahsulotiga qiziqish uyg‘otmoqchi.

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Lenovo O‘rta Osiyo bozoriga faol kirishni boshlaydi, deb xabar berdi Sputnik korrispondentiga kompaniyaning Ozarbayjondagi mamlakatlararo  menedjeri Sagim Jusupov. 

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, hududdagi davlatlar orasida kompaniya uchun  O‘zbekiston bozori eng katta ahamiyatga ega, chunki aholi soni va iste’mol bozori eng katta.

Hozir Lenovo ta’lim yo‘nalishidagi turli ijtimoiy dasturlarda ishtirok etayapti. Shu bilan birga davlat va jamiyat tashkilotlari hamda xususiy korxonalar orasida ham hamkorlarini ko‘paytirish niyatida.  

“Bizning strategiya — bu faqat marketingni rejalashtirish, reklama va PR-aksiyalar emas, balki shuningdek ijtimoiy loyhalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xayriya qilish ham. Bizni faqat foyda emas, balki har bir odam qiziqtirishini ko‘rsatmoqchimiz, chunki ular bizning bo‘lg‘usi mijozimiz”, — dedi Sagim Jusupov.

Boshqa osiyo davlatlari haqida kompaniya menedjeri u mamlakatlarda ham Lenevo kompyuterlari va boshqa uskunalari sotish hajmini oshirish ustida faol ishlayapti, dedi

Masalan,Turkmanistonda har yili 100 — 200 mingta Xitoyda ishlab chiqarilgan noutbuklar, birinchi sinf o‘quvchisi uchun mamlakat prezidenti tomonidan sovg‘a qilinadi.

Masalan Turkmanistonda, Lenovo s’ay-harakatlari evaziga, har yili 100-200 mingga yaqin noutbuk birinchi sinf o‘quvchilari uchun prezident sovg‘asi sifatida sotib olinadi.   

Lenevo kompaniyasi shaxsiy komputerlar, uyali telefonlar, noutbuklar va monitorlar ishlab chiqarish bilan birga u mahsulotlar uchun dasturlar  ham ishlab chiqaradi.

Lenovo AQSh, Braziliya, Hindiston va Meksikada o‘z zavodlariga ega. Kompaniya 2007-yil Polshada birinchi zavodini ochdi, 2011-yilning kuzida esa Rossiyada birinchi zavodni qurish rejalarini e’lon qildi.

Bugungi kunda Lenevo dunyo bo‘yicha besh mingdan ko‘proq patentga ega. Kompaniya  dunyoning 160 ta davlatidagi mijozlarga xizmat ko‘rsatadi.2015 yil iyul oyi ma’lumotlariga qaraganda, Lenevo kompyuterlar bozorida 21% dan  ko‘proq ulushni egalladi.

Kompaniyaning asosiy raqobatchilari Dell va Hewlett Packard  shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchilari.

Yangiliklar lentasi
0