O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sigaretlarga 20% mahalliy tamaki qo‘shiladi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishSigaret ishlab chiqarish
Sigaret ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan sigaretlarga kamida 20% mahalliy tamaki qo‘shish majburiyatini qo‘ydi.

TOShKENT, 21 sen – Sputnik. O‘zbekiston hukumati British American Tobacco Uzbekistan kompaniyasini sigaret ishlab chiqarishda 20% mahalliy tamaki qo‘shishga majburladi. Bu haqda hukumatning dushanba kuni chop etilgan qarorida aytilgan.

O‘zbekiston sigaret ishlab chiqarish monopolisti BAT Uzbekistan, bundan buyon beshdan bir qismi O‘zbekistonda yetishtirilgan tamakidan tashkil topgan sigaretlar ishlab chiqarishga majbur.

“Olib kirilgan tamakining hajmi, yillik tamaki mahsulotining 80%dan  ko‘p bo‘lmasligi kerak”, —  deyilgan ushbu hujjatda.

Undan tashqari BAT Uzbekistan mahsulotning 50% qiymatini mahalliy fermerlarga avans tariqasida to‘lashi kerak.

Fermer xo‘jaliklari yiliga 15 ming tonna “Dubek” va “Izmir” sortlariga mansub tamaki mahsulotlari yetishtiradi. Undan 85% BAT Uzbekistan kompaniyasiga yetishtirib beriladi.

O‘n yil oldin British American Tobacco "Uztabak" korporatsiyasining yarmidan ko‘pini sotib olib "UZBAT A.O." (BAT Uzbekistan) korxonasini tashkil qildi.  

O‘zbekiston tamaki mahsulotlari bozori yiliga 17 milliard sigaretni tashkil qiladi. Mahalliy korxona ulushi 90%ni tashkil qiladi. Noqonuniy olib kelingan sigaretalar kam uchraydi. Ular asosan Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan olib kelinadi.  

Yangiliklar lentasi
0