Xakerlar App Store ga hujum qildi

Obuna bo‘lish
Apple ning yuzlab dasturiga zararli kod kiritilgan

 

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Apple smartfon va planshetlarida ishlaydigan iOS opreratsion tizimiga birinchi yirik hujum uyushtirilganini tan oldi, RIA Novosti Reyter xabari asosida ma’lum qildi.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar, App Store onlayn magazinida XcodeGhost nomli zararli dastur topishdi. Ushbu dastur allaqachon yuzlab litsenziyalangan dasturlar tarkibiga kirib olishga muvaffaq bo‘lgandi. Bu App Store tarixida eng yirik kiber hujum deyilmoqda, chunki ushbu kunga qadar App Store da bor yo‘g‘i 5 ta zararli dastur topilgan edi.

“Biz App Store dan barcha zararlangan dasturlarni o‘chirdik”, — Kriston Monaganni so‘zlarini keltiradi Palo Alto Networks Inc (PANW.N) agentligi.

Lekin, Monagan, zararli dasturlarni allaqachon yuklab olgan yo olmaganliklarini aniqlash uchun, foydalanuvchilar nima qilishlari kerakligi haqidi hech narsa demadi.

 

Yangiliklar lentasi
0