O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi OCh-2016da qatnashish huquqiga ega bo‘ldi

© Federatsiya futbola UzbekistanaO‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OCh-2016 Hindistonda 2016yil 15-sentabrdan 2-oktabrgacha bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi  kvalifikatsiya o‘yinlarida Yaman o‘smirlar jamoasini yengib Hindistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo —2016 chempionatiga qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

Saralovchi o‘yinida O‘zbekiston jamoasi Maldiv orollari, Falastin va Yaman terma jamoalari bilan uchrashdi.

“Asosiy qiyinchilik, Falastin jamoasi bilan o‘ynaganimizda bo‘ldi. Ular mezbon jamoa bo‘lgani uchun tomoshabinlar tomonidan kuchli madadga ega edilar. Bizning jamoa, yuqori mavqedagi o‘yinlarda o‘ynash tajribasi kam bo‘lganligi uchun, standiondagi tayziq ostida o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishlari mumkin edi”, — dedi Federatsiya vakili.   

O‘zbek futbolchilari saralovchi o‘yinlarni epchil boshlashdi. Ular Maldiv orollari terma jamoasini 8:0 hisobida yengdilar. Ushbu o‘yinda Rasul Yo‘ldoshev va Abdunazir Abduraxmonov 3tadan gol urishdi.

O‘zbekistonliklar Falastin jamoasi oldida ham bo‘sh kelmadi. Ular birinchi taymdan 4:0 hisob bilan ishonchli imtiyozni qo‘lga kiritdi. Umumiy hisob 6:0.

OCh-2016ga yo‘llanma uchun bo‘lgan oxirgi o‘yinda, O‘zbekiston jamoasi Yaman bilan o‘ynadi. Raqib jamoa ham 8ta gol bilan ikki g‘alabaga erishgan, birorta ham to‘p o‘tkazmagan edi.

Suhbatdosh fikricha, Yaman kuchli jamoa, lekin maydon o‘rtasida o‘yin tashkil qilishda  ma’lum muammolar borligini ko‘rsatdi.

Ushbu holatdan O‘zbekiston jamoasi foydalanishga muvaffaq bo‘lishdi. O‘yinning birinchi qismida jamoalar birg‘birini o‘rganishdi.

Rasul Yo‘ldoshev 23 minutda birinchi golni urib o‘yin qahramoniga aylandi. 35 minutda Yaman jamoasi hisobni tenglashtirdi, lekin undan 2 minut keyin O‘zbekiston jamoasi yana ustunlikka egan bo‘ldi 2:1. Shundan keyin O‘zbekiston ustunlikni qo‘ldan boy bermasdan hisobni 5:2 gacha olib bordi.    

Saralav o‘yinlarini O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi umumiy gollar hisobini 19:2 bilan yakunladi.

 

Yangiliklar lentasi
0