FSB: “Islom Davlati” safida 5000dan ziyod sobiq Ittifoq davlatlari fuqarolari jang qilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishHarbiy o‘quv mashg‘ulotlari
Harbiy o‘quv mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda “O‘rta Osiyo Antiterror- 2015” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari natijalari muhokama qilindi.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining Regional antiterror tuzimi (RATT) juma kuni Toshkentda “O‘rta Osiy Antiterror-2015” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari natijalarini muhokama qilish uchun yig‘ilishdi. RIA Novosti xabariga ko‘ra. 

Majlis qatnashchilari ShHT RATT birlashgan o‘quv mashg‘ulotlari natijalarinini muhokama qilishdi va separatizm va ekstremizmning oldini olishda chet el tajribasini ham ko‘rib chiqadilar.

"“Islom Davlati” jangarilari safida 2400 Rossiya fuqarosi va 3000 mingga yaqin O‘rta Osiyo davlatlari fuqarolari jang qilmoqda. Ular orasida ShHTga kiruvchi davlat fuqarolari ham bor”, – dedi majlisda so‘zga chiqqan FSB rahbari birinchi muovini general Sergey Smirnov.

Eslatib o‘tamiz, 15-sentabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan KXShT (ODKB) Kengashida so‘zga chiqqan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham ushbu muammoga e’tibor bergandi.

Jumladan u  “Islom davlati”  terrorchilari safida dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan jangarilar harbiy va mafkuraviy tayorgarlikdan o‘tmoqda. Afsuski, ular orasida Yevropa, Rossiya va sobiq Ittifoq davlatlari fuqarolari bor. Bizni, albatta, ularning kelajakda bizning hududlarga qaytishi bezovta qilmoqda", — degandi. 

“Islom davlati” terrorchilik guruhi bugungi kunda dunyo xavfsizligiga tahdid solayotgan eng katta xavflardan biridir. Uch yil davomida terrorchilar Iroq va Suriya hududlarida juda katta maydonni egallab olishga muvaffaq bo‘lishdi. Tashkilot safida jangarilar soni har xil ma’lumatlarga qaraganda 50 mingdan 200 minggacha.

 

Yangiliklar lentasi
0