Toshkentda APB belbog‘i tituli uchun jang o‘tkaziladi

Obuna bo‘lish
“O‘zbekiston” sport majmuasida, Qozig‘iston, Ruminiya, Serbiya va O‘zbekiston sportchilari ishtirokida 4 jang bo‘lib o‘tadi.

TAShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekistonlik Xurshid Tojiboyev 19-sentabrda, o‘zining azaliy raqibi bo‘lgan qozog‘istonlik Berik Abdraxmonov bilan uchrashadi, Sputnik muxbiri xabariga ko‘ra.   

Jang 3 minutli 12 raunddan tashkil topgan. 2015-yilda sportchilar uchun bu birinchi uchrashuv emas. Yanvar oxirida ayni shu ikki sportchi orasida, 60kg vaznda APB belbog‘i uchun jang bo‘lib o‘tgandi. Ushbu jang Astanada Xalqaro havaskorlar boks assotsiatsiyasi (AIBA) tomonidan tashkil qilingan edi. O‘shanda kichik imtiyoz bilan — 77:75, 77:75, 78:74 Berik Abdraxmonov g‘alaba qozongandi.

“Menga o‘z yurtdoshlarim oldida ringga chiqish ancha mushkul bo‘lgandi. Ishqibozlar oldidagi javobgarlik burchidan juda siqilgandim. Hozir hech qanaqa xavotir yo‘q, men butunlay tayor va fikrim jam. Kim kuchli ekanligini ring ko‘rsatadi.” – dedi  qozog‘istonlik bokser.

Xurshid Tojiboyevning so‘zlariga qaraganda, o‘tgan jangdan keyingi davr bekor o‘tmadi, jamoa raqib janglarini ko‘zdan kechirib uning taktikasini o‘rganib chiqqan.  

“Men hozir juda katta javobgarlik his qilayapman, chunki jang Toshkentda o‘tayapti. Yurtdoshlarimga g‘alaba sovg‘a qilib O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targim kelayapti. Raqibni bir necha “kutilmagan sovg‘alar” kutayapti, bir-ikki qiziq taktik priyemlar bor”, — dedi O‘zbekistonlik bokser.  

O‘zbekiston Boks federatsiyasi raisi Bexzod Mirtimirov so‘zlariga qaraganda Tojiboyev texnik jihatdan yaxshi tayorlangan va jismonan juda qobiliyatli bokser. Uning ayni shu xususiyatlari bo‘lg‘usi jangda qo‘l kelishi kerak.

AIBA prezidenti Ching-Kuo Vu fikricha, ushbu yangi tur  - assotsiatsiyaning yaqin kelajakdagi eng zarur tadbiridir. Taktik tomondan qiziq bo‘lgan ikki bokser orasida bo‘ladigan ushbu jang juda qiziq. Agar da’vogar g‘olib bo‘lsa bu O‘zbekistonda boksni rivojlantirish borasida katta voqea bo‘ladi.

APB seriyasi – bu havaskor va professional boks aralashmasidir. Uzoq davom etadigan qiziqarli tomosha bo‘lishi bilan bir vaqtda u bokserlarga Olimpiadada qatnashish imkonini beradi.

10 og‘irlik toifasida 8tadan bokser qatnashadi. Ular o‘zaro 4 jang o‘tkazib, finalda eng kuchi ikki bokser chempion tituli va Olimpiadaga yo‘llanma uchun jang qiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0