Olimlarga Shnobel mukofoti berildi

© Commons.wikimedia"Shnobel premiyasi" medali
Shnobel premiyasi medali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mukofot qaynatilgan tuxumni qaytib xom qilish ixtirosi uchun taqdim etildi.

TOShKENT, 18 sen – Sputnik. AQSh Garvard universiteti Sanders teatrida Shnobel mukofoti taqdim etildi. Ushbu mukofot ilm-fan sohasidagi dargumon yuutuqlar uchun beriladi. RIA Novosti Independent xabari asosida.

Kaliforniya universiteti olimlari qaynatish paytida tovuq tuxumidagi oqsil moddasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganishga qaratilgan bir qator izlanishlar o‘tkazishdi. Olimlar erishgan "yutuqlari" sharafiga 10 trillion Zimbabve dollari mukofoti olishdi.

Jorjiya universiteti olimlari fizika sohasida mukofotga sazovor bo‘lishdi. Ular, o‘lchamidan qat’iy nazar, barcha sut emizuvchilar  – fildan tortib to chixuaxua itigacha, bovul qilish (siyish) payti 21 sekundni tashkil qilishini aniqlashdi.

Chili olimlari biologiya fani mukofotiga sazovor bo‘lishdi. Ular, qanday qilib ba’zi patli dinozavrlar hozirgi qushlarga aylanganini isbotlashdi. Buni ular tovuqqa sun’iy dum ulab namoyish qilishdi.   

Tibbiyot sohasidagi mukofot o‘pishishning foyda va zararini tadqiqot qilgan olimlarga berildi.

Shnobel mukofoti adabiyot, matematika, iqtisod, psixiologiya va menejment sohasidagi bema’ni yutuqlar uchun ham topshirildi.

 

Yangiliklar lentasi
0