TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Toshkent yilning eng yirik ko‘rgazmasiga tayorgarlik ko‘rayapti. O‘zekspomarkazda 26 oktabrdan 2-noyabrgacha IX Xalqaro Sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi ochiladi. Tashkiliy qo‘mita a’zosi Sputnik muxbiriga xabar berdi.
Bugungi kunda ekpozitsiyalar uchun maydoni 20 ming kvadrat metr bo‘lgan 4 pavilion, 2 atrium va 3 ochiq ko‘rgazma maydonchasi band qilingan.
“Qatnashishni xoxlagan korxonalar soni juda ko‘p bo‘lganligi uchun, biz yarmarka rasmiy saytida maxsus onlayn-buyurtma formani ishga tushirdik. Undan tashqari O‘zbekistonning 2100 sanoat korxonalari va ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni qamrab olgan yarmarka katalogi nashr qilamiz”, — dedi suhbatdosh.
O‘zekspomarkazda mamlakat sanoatinig sara mahsulotlari O‘zbekistonlik va chet ellik mijozlarga taqdim etiladi.
“Ko‘rgazma miqyosini faqatgina bir ma’lumotga qarab tushunsa bo‘ladi. O‘tgan yili unda qo‘l qo‘yilgan shartnomalar umumiy narxi 7,2 milliar dollarni tashkil qildi. Eng yirik shartnomalar Rossiya (29%), Qozog‘iston (22%) va Xitoy (10,5%) mamlakatlari xaridorlari bilan tuzildi”, — dedi tashkil qo‘mita vakili.
An’anaga ko‘ra Yarmarki ikki qismga bo‘lingan – bahorgi va kuzgi. Shu qatorda viloyatlarda ham mahalliy yarmarkalar bo‘lib o‘tdi. Mahalliy yarmarkalarda tuzilgan shartnomalar qiymati 377,5 milliard so‘mni tashkil qildi. Bu esa o‘tgan yilgidan 24,5% ga ko‘p.