Toshkentda germaniyalik foto sur’atchi Arno Fisherning ko‘rgazmasi ochildi

© Arno FisherArno Fisher 1960-yillar fotosur’ati
Arno Fisher  1960-yillar fotosur’ati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatli fotosur’atlar ko‘rgazmasi 17-oktabrgacha davom etadi.

 

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston Tasviriy San’at galereyasi buyuk nemis fotosur’atchisi Arno Fisherning ko‘ragzmasiga taklif qiladi.

Ko‘rgazmada hujjatli sur’at ustasining 100dan ortiq ishlarini ko‘rish mumkin. Tashrif buyuruvchilar uning Berlin devori qurilishi oldidan tushirilgan taniqli sur’atlar seriyasini tomosha qilishlari mumkin. Ayni shu kadrlar bir vaqtlar sur’atchini dunyoga mashhur qilgandi. “Devordagi yoriq” fotosur’ati ko‘p vaqtlar davomida ikkiga bo‘lingan Berlin timsoliga aylangandi.

“Germaniyada Fisher, bir necha avlod fotosur’atchilarini tarbiya qilgan, taniqli pedagog sifatida tanilgan. Uning ismi esa sur’at ustalari ijodga haligacha nufuzli o‘rnak bo‘lib qolmoqda”, — dedi ko‘rgazma ochilishida uning o‘quvchilaridan biri Frank Gaudlis.

Gaudlisning o‘zi Toshkentda yosh sur’atchilarga bir necha master-klasslar o‘tkazmoqchi.  

Fisher faqat hujjatli sur’atlari bilan emas, balki o‘zining oq-qora portretlari bilan ham mashhur. Uning taniqli nemis aktrisasi Marlen Ditrix fotosur’ati, aktrisaning o‘ziga ham juda yoqqan. Shu qatorda ko‘rganmada sur’atchining "Sibylle" moda jurnali uchun tushirilgan fotosur’atini ham tomosha qilsa bo‘ladi.

Fotograf 1927-yilda Berlinning g‘arbiy qismida tug‘ildi. U Oliy haykaltaroshlik maktabida va Berlin tasviriy san’at maktablarida o‘qigan. Fisher ko‘p marta Sharqiy Germaniya, Chexoslovakiya, Polsha mamlakatlariga sayohat qilgan. Leypsigdagi vizual san’at maktabida dars bergan. 2001-yilda o‘z sur’atchilik maktabini ochib u yerda 5-yil dars berdi. U 2011-yil vafot etdi, o‘z rafiqasi Siballe Bergman vaqotidan bor-yo‘g‘i 10 oy keyin.

 

Yangiliklar lentasi
0