“Islom Davlati” yollovchilariga hukm o‘qildi

© fotoliaQonun va huquq timsollari
Qonun va huquq timsollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayblanuvchilar 3,5 yildan 18-yilgacha jazo olishdi.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Xorazm viloyat sudi bir guruh yosh jinoyatchilarga hukm o‘qidi. II vakili xabariga ko‘ra ularga ““Islom davlati” yollovchilari” deb ayb qo‘yilgan.

Urganchlik Shuhrat Bobonazarov, Farxod Sharipov, Azamat Atayev oldin sudlangan Ulug‘bek Olimov va Shuhrat Normetovlarning ta’siri ostiga tushib qolishgan va yoshlar orasida ekstremistik adabiyotlarni tarqatishni boshlagan.

Suhbatdosh xabariga ko‘ra,  yollovchilar ta’siri ostida yoshlar o‘z tengdoshlari orasida salofiylik va jihod g‘oyalarini tarqatgan va O‘zbekiston konstitutsiya tizimini o‘zgartirib Islom davlati tuzishga  targ‘ib qilishgan.

Sud qarori bilan ekstremistlar boshlig‘i Ulug‘bek Olimov 18-yilga, Zafar Xudoyberganov 14-yilga, Abdusharif Xudoyberganov 11-yilga va Zarifboy Otaniyozov 3,5 yilga qamoq jazosiga mahkum qilindi. Yollangan Atayev 6-yil, Bobonazarov va Sharipovlar 5,5 yildan qamoq jazosi olindi.

“Islom davlati” butun dunyodagi musulmonlar yashaydigan mamlakatlarni birlashtirib ular ustidan diniy va siyosiy hukumat o‘rnatishni o‘ziga maqsad qilgan.

Yangiliklar lentasi
0