Chilida kuchli yer qimirlash

Obuna bo‘lish
Chilida yer qimirlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi 15 kishi jarohatlandi.

TOShKENT, 17 sen – Sputnik. Chilida Kuchli yer qimirlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jabrlanda va bir millionga yaqin odam evakuatsiya qilindi, RIA Novosti, Chili IIV o‘rinbosari Maxmud Aleuy ma’lumoti asosida, xabar berdi.

Hokimiyat vakillari qurbonlardan 3kishi yer qimirlashi vaqtida yurak xuruji natijasida, 2 kishi tom va toshlar qulashi oqibatida halok bo‘lganligini aytishdi.

Yer qimirlaChorshanba oqshom soat 01:25da sodir bo‘ldi. Uning magnitudasi 8,4 balni tashkil qildi, episentri bo‘lsa Ilyapel shahridan 54km shimoli-g‘arbda, Santagodan 228 km uzoqlikda joylashgan. Yer qimirlashidan keyingi tebranishlar (aftershock) 6,4 balni tashkil qildi. Favqulodda holatlar vaziroligi yer qimirlashi oqibatida dengizda 4,5 metrli sunami to‘lqinlari paydo bo‘lganligini va Kokimbo shahriga yopirilib tushganligini aytishdi.

Tinch okeani sunamidan ogohlantirish markazi (PTWC) xabariga ko‘ra, ushbu yer qimirlashi oqibatida okeanda paydo bo‘lgan sunami dunyoning bir necha qirg‘oq yaqinida joylashgan shaharlarigacha yetib boradi. Rossiyaning Kamchatka va Saxalin hududlariga Yaponiyaning bir necha shaharlariga yetib boradi. Sunami to‘lqinlarining balandligi noma’lum, yetib kelish vaqti – chorshanba kech soat 22 lar atrofida.

Chili poytaxti Santagoda odamlar haligacha ko‘p qavatli binolarga kirishga qo‘rqib turishibdi. Yer qimirlashi va aftershok oqibatida bu binolar qattiq tebrangan va ba’zi joylarida yoriqlar paydo bo‘lgan.
Chili hududida seysmik faollik kuchli. 2010-yilda sodir bo‘lgan 8,8 ballik yer qimirlashi va undan keyingi sunami oqibatida 500dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0