O‘zbekistonda elektr va gaz to‘lovlari oshirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishIESda bosim o‘lchaydigan asbob
IESda bosim o‘lchaydigan asbob - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi narxlar 1-oktabrdan kuchga kiradi.

 

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. O‘zbekistonda elektr energiyasi narxi va aholi maishiy foydalanishi uchun gaz to‘lovlari 8%ga oshiriladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri "O‘zbekenergo" va “O‘ztransgaz” ma’lumotiga asosan.

1 oktabrdan elektr energiyasi narxi 1 kVt/soatiga 155 so‘mdan 167 so‘mga ko‘tarildi. Elektr plitalari bilan jihozlangan xonadonlarda 83,4 so‘mga ko‘tarildi.

Gaz narxi 1-oktabrdan maishiy foydalanuvchilar uchun o‘n kubometrga 2089,20 so‘mni tashkil qiladi. Hozir 1947 so‘m. Gaz o‘lchagich o‘rnatilmagan xonadonlarda oyiga 3612,95 so‘m (avval 3367,05 so‘m) ni tashkil qiladi. Eslatib o‘tamiz ushbu narxlar faqat aholining maishiy maqsadlarda gazdan foydalanishi uchun mo‘ljallagangan. Tadbirkorlik va boshqa maqsadlarda gazdan foydalanish uchun alohida narxlar o‘rnatilgan.

Oxirgi marta elektr va gaz narxi shu yilning may oyida oshirilgan edi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0