Facebookda "dislike" tugmasi paydo bo‘ladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishEng yirik ijtmoiy tarmoq - Facebook yaratuvchisi Mark Sukerberg
Eng yirik ijtmoiy tarmoq - Facebook yaratuvchisi Mark Sukerberg - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tarmoq yaratuvchisi Mark Sukerberg ushbu yangilikka oxiri rozi bo‘ldi.

 

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Yaqin kunlar ichida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida "dislike" (yoqmadi) tugmasi paydo bo‘lishi mumkin, deb e’lon qildi Mark Sukerberg. RIA Novosti New York Times xabariga asosan xabar berdi.

Oldinroq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari faqat “like” (yoqdi) tugmasidan tashqari yana “dislike” (yoqmadi) tugmasi kiritish haqida murojat bilan Facebook asoschisiga bir necha bor murojat qilishgandi.

Yaqin kunlar ichida kompaniya, foydalanuvchining Facebookdagi biror xabarga o‘zining salbiy munosobatini bildirish imkoniyatini sinovdan o‘tkazadi.

Sukerberg uzoq vaqt davomida bu imkoniyatni kiritishga qarshilik qilib kelgandi, chunki uning fikricha “dislike”  tugmasi kishilarning salbiy munosobatini bildirib, boshqalarni haqorat qilishga ishlatilishi mumkin.   

“Odamlarga faqat “yoqdi” tugmasini bosishdan ko‘ra ko‘proq imkoniyat berish – juda zarur”, — dedi u.

Lekin keyinroq, ijtimoiy tarmoq asoschisi ko‘pchillikning fikriga qo‘shilishga rozi bo‘ldi. Ko‘p hollarda “barmoqni pastga” tugmasini bosish, achinishni, rahmi kelishni bildiradi. Misol uchun, Suriyalik qochqinlar vaziyati kabi holatlarda.

 

Yangiliklar lentasi
0