Jahon Banki O‘zbekistonga grant ajratdi

© AFP / Daniel SLIM Jahon Banki shtab-kvartirasi. Vashington
Jahon Banki shtab-kvartirasi. Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Grant bankning trast fondi tomonidan ijtimoiy izlanishlar maqsadida ajratilgan

TOShKENT, 16 sen – Sputnik. Jahon banki O‘zbekistonga fuqarolarni ishga joylashtirish va ijtimoiy himoya sohasida davlat xizmatlari tizimini rivojlantirishga 450 ming dollarlik grant mablag‘i ajratdi, xabar berdi bank matbuot xizmati.

Mablag‘ Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyhalarga yo‘naltiriladi.

“Loyhaning asosini, “yagona darcha” tarzida ishlaydigan, butunlay yangi birlashtirilgan idoralar tizimini tashkil qilishdir”, — dedi matbuot xizmati.

Jahon banki 400 ming dollar mablag‘ni O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk yagona bazasini tashkil uchun ajratgan.

Undan tashqari, ikki rayonda birinchi bo‘lib aholini ish bilan ta’minlash markazi ochiladi. Ushbu markazlarda axborot texnologiyalariga asoslangan boshqarish tizimi joriy qilingan bo‘lib ular ishni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.

Loyha maqsadi – yig‘ilgan ma’lumotlar asosida O‘zbekistonning barcha hududlarida shunday idoralar ochish uchun yo‘riqnoma tayorlash va ijtimoiy yordam oluvchilar ro‘yxatini tuzish.

Ushbu operativ ijtimoiy izlanishlar trast fondi homiylari Buyuk Britaniya, Rossiya, Shvetsiya, Norvegiya va Avstraliya davlat hukumatlari.

O‘zbekiston 1992-yildan beri Jahon Banki a’zosi. Shu vaqtgacha, ushbu kredit va moliyalash tashkiloti O‘zbekistonga yordami 2 milliard dollar atrofida umumiy yordam ko‘rsatdi.

Yangiliklar lentasi
0