TOShKENT, 16 Sen – Sputnik. Rossiyalik xaker Vladimir Drinkman yirik hujum tashkil qilganini tan oldi, RIA Novosti xabariga ko‘ra.
AQSh jismoniy va yuridik shaxslariga tegishli bo‘lgan kredit kartalar haqida ma’lumot to‘plash uchun tashkil qilingan ushbu hujum natijasida 160 million kartalar haqida ma’lumot o‘g‘irlandi, deb xabar berdi AQSh adliya vaziri yordamchisi Lesli Kolduell.
“Ushbu yirik xaker hujumi AQSh kompaniyalari va jismoniy shaxslariga 300 million dollarlik zarar yetkizdi”, – dedi Kolduell.
Drinkmanga AQShning Nyu Jersi shtatining Nyu Ark shahar sudi tomonidan ayblov qo‘yilgan. RIA Novosti ABC News telekanali xabari asosida ma’lum qilishicha Drinkmanga 35-yil qamoq jazosi berilishi mumkin. Sud hukmi 2016-yil 15-yanvarda e’lon qilinadi.
Tergov organlari fikricha, Rossiyalik Vladimir Drinkman, Aleksandr Kalinin, Roman Kotov, Dmitriy Smilyanes, va Ukrainalik Mixail Ritikov yetti yil davomida AQSh serverlariga xaker hujumlari uyushtirgan va 160 million bank kartalari haqidagi ma’lumotni o‘marishgan. Keyinchalik ushbu ma’lumotlar uchinchi shaxslarga sotilgan. Huquqni saqlash organlari xabariga ko‘ra bu AQSh tarixida eng yirk hujum.
2012 yilda Drinkman va Smilyanesni Niderlandda qo‘lga olinib, keyinchalik Rossiya hukumati va advokat talablariga qaramasdan, AQSh huquqni saqlash organlariga topshirilgan edi.