TOShKENT, 15 sen – Sputnik. O‘zbekistonlik turoperatorlar Belorussiyalik turistlarni Samarqand va Buxoroni tomosha qilishga taklif qilishdi, deb xabar berdi Sputnik Belarus.
Belorussiya milliy turizm agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Grigoriy Pomeransev davra suhbati paytida, ikki tomonning o‘zaro turistik oqimlarini ko‘paytirishga katta imkoniyati bor, dedi.
“Biz esdan chiqargan, lekin sevimli yo‘nalishlarimizni qayta tiklashimiz mumkin. O‘zaro tashriflarga bo‘lgan qiziqishnng o‘sishi Toshkent–Minsk–Toshkent avia chiptalarining narxini pasayishiga sabab bo‘ladi.” – dedi u.
Pomeransevning aytishiga qaraganda Belorussiyalik turistlarni O‘zbekistonning qadimiy durdonalari Samarqand, Buxoro va Toshkent qiziqtiradi.
O‘zbekistonlik turoperatorlarning fikricha, o‘zbeklarni Belorussiya tabiati, o‘rta asr qal’alari va qishloq xo‘jaligi turizmi (eko turizm) qiziktiradi.
“Bizda, O‘zbekistonda Chexiya sanatoriya turizmiga ehtiyoj katta, lekin u yerda qimmat, kuniga 100 dollardan ziyod, yana viza muammolari mavjud. Biz xoxlaymizki Belorussiya kurortlari Chexiya o‘rniga o‘rin bo‘lsin”, — dedi O‘zbekiston turfirmalaridan birining rahbari.
Bir necha kun Belrusda mehmon bo‘lgan O‘zbekiston biznes vakillari, beloruslarning toqatiga, xotirjamligiga va xush ko‘ngilliligiga hayron bo‘lishdi. Ular beloruslar qanday qilib bu “sovet xususiyatlarini” saqlab qolishganiga qiziqdi.
Belorussiyalik turoperatorlar Belorussiyaning O‘rta asrlarda qurilgan qal’alarini, Stalin chizig‘i, unitilmas tabiat, qishloq-fermer xo‘jaliklari va belorus milliy taomlari bilan tanishtirishdi.
O‘zbekistonlik turoperatorlar Belorussiyadagi uch kunlik sayohatlarni Yevropa sayohatlari bilan birlashtirishni taklif qilishdi.