TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi doirasidagi harbiy kuchlarning o‘zaro aloqasi kuchayib boradi deb e’lon qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Dushanbeda.
14-15 Sentabrda Dushanbeda KXShT Kengashi o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston. Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorussiya, Armaniston va Rossiya prezidentlari qatnashmoqda.
Kengashda so‘zga chiqarkan Putin, harbiy kuchlarning KXShT doirasidagi hamkorligi keyinchalik ham kuchaytiriladi, bu borada bir qator ishlar qilinmoqda, dedi.
“Alohida aytmoqchiman-ki, bizning KXShT doirasidagi hamkorligimiz hech kimga qarshi qaratilmagan. Biz konstruktiv hamkorlik uchun ochiqmiz. Xuddi shunday yondashish, bugun qo‘l qo‘yiladigan yakunlovchi bayonotda birkitilgan”, — dedi Putin.
Rossiya prezidenti dunyoda yig‘ilib qolgan muammolar va kelishilmovchiliklarni birma-bir ro‘yxatdan o‘tkazib, boshqa mamlakatlar bilan tinchlik prinsiplarini muvofiqlashtirish kerak. Konstitutsiyaga qarshi ravishda ro‘y berayotgan davlat to‘ntarilishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak, dedi.
Putin, OBSE va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan barcha mamlakatlar uchun, yuridik majburiyatga ega bo‘lgan, bo‘linmaslik va xavfsizlik garantiyasini muvofiqlashtirish va xalqaro huquqning eng asosiy prinsplariga rioya qilishga kelishib olish kerak, kedi.
“Bu mamlakatlarning suverenitetiga bo‘lgan hurmat, ularning ichki ishlariga aralashmaslik, antikonstitutsion ravishda o‘tkazilayotgan davlat to‘ntarilishlariga yo‘l qo‘ymaslik va radikal ekstremist kuchlarni rag‘batlantirmaslik” dedi Rossiya prezidenti.
Mamlakat ichidagi ziddiyatni kuchaytirish holatiga duch kelgan Tojikiston istalgan payt Rossiya yordamiga umid qilishi mumkin, agar kerak bo‘lsa, Dedi VladiirPutin.
KXShT mamlakatlari rahbarlari Dushanbeda bir qator hujjatllarni imzolashdi. Ular orasida harbiy qism va boshqa guruhlarini, harbiy texnika va uskunalarni tashish haqidagi va Tashkilotning 2016-yil budjeti bor.