TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Eron va O‘zbekiston orasidaga tovar oboroti neft mahsulotlari evaziga 250 milliondan 1 miliardgacha o‘sishi mumkin, deb xabar berdi Eron elchixonasi matbuot xizmati.
Yaqinda Eron elchisi Ali Mardani Farda bilan O‘zbekiston Tashqi Iqtisodiy aloqalar vaziri Elor G‘aniyevning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat vakillari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan savdo-sotiq va neft mahsulotlari yetkizib berish muhokama qilindi.
“Erondan iqtisodiy sanksiyalarning olinishi, va yangi transport koridorlarining paydo bo‘lishi, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq hajmini 1 milliard dollarga yetkizadi”, - deyishdi elchixonada.
2011 yilda Turkmaniston, Eron, Qatar va O‘zbekiston “O‘rta Osiyo – Fors ko‘rfazi” transport koridorini tashkil qilish haqidagi shartnomaga qo‘l qo‘yishgandi. Ikki yildan so‘ng Qatar shartnomada chiqdi. O‘tgan yilning avgustida ushbu shartnoma kuchga kirdi. Transport-tranzit koridori O‘zbekiston – Turkmaniston — Eronni temir yo‘l bilan va Eronning Bandar-Abbas va Chabaxar portlarini Oman portlari bilay bog‘laydi.