Zatulin: KXShT yordamiga boshqa davlatlar muhtoj bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishKollektiv operativ kuchlari
Kollektiv operativ kuchlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘rta Osiyoda yangi xavflar paydo bo‘lishi natijasida KXShT ahamiyati kuchaymoqda.

TOShKENT, 14 sen – Sputnik, Anna Stolyarova. Dushanbeda hoziri kunda KXShT Kengashi o‘tkazilmoqda. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belorussiya va Armaniston rahbarlari O‘rta Osiyodagi hozirgi vaziyatni va tashkilotning kelajakdagi harbiy rivojlanish istiqbollarini muhokama qilmoqdalar.

KXShT faoliyati hozirgi kunda nima sababdan aynan O‘rta Osiyoda dolzarb bo‘lib qolmoqda, ushbu savolga Sputnik muxbiriga, MDH davlatlari instituti direktori va Rossiya Tashqi Mudofaa siyosati kengashi a’zosi Konstantin Zatulin, javob berdi.

Harbiy operatsiya vaqtidagi Kengash

Suhbatdosh Kengashning Dushanbeda, ayni shu kunlarda, ya’ni bir necha kun oldin sodir bo‘lgan isonni bartaraf etish harbiy operatsiyasi  olib borilayotgan bir paytda, o‘tkazilayotganligiga alohida e’tibor berdi.

“Notinch hodisalarga qaramasdan, Kengashning Dushanbeda o‘tkazilayotganligi bu KXShT a’zolarining “qaynoq nuqtalar”ga borishdan qo‘rqmasliklari va Tojikiston o‘z hududini tinch joy deb bilishining belgisidir”, – dedi Zatulin.

Ekspert so‘zlariga qaraganda, Tashkilot kengayishi haqida rasmiy ma’lumotlar yo‘q, lekin uning faoliyati aynan O‘rta Osiyoda dolzarb bo‘lib bormoqda.  

Ekspert fikricha: “O‘rta Osiyo ”Islom davlati” tahdid solayotgan hududlardan biri va Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kabi mamlakatlar bu xavf oldida himoyasiz bo‘lganligi uchun, KXShT – birlashtiruvchi tashkilot sifatida juda kerak bo‘lishi mumkin”.  

Yangi xavflar xavotir qilishga majbur qiladi

O‘zbekiston avvaliga har qanday davlatlararo uyushmalarga ishonqiramay qaraganinni, keyinchalik Afg‘oniston va boshqa tashqi tahdidlar paydo bo‘lgach KXShTga a’zo bo‘lganini aytdi.

Hozir, Zatulinning so‘zlariga qaraganda, yangi xavf paydo bo‘lgan, bu — “Islom davlati”, uning tarkibida Rossiya va boshqa MDH davlatlari a’zolari bor.

“Mening fikrimcha, kelajakda KXShTga ehtiyoj yanada oshadi va uning yordamiga nafaqat O‘zbekiston, balki Turmaniston ham muhtoj bo‘lishi mumkin”, — deb  faraz qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0