Andrey Kazansev siyosiy fanlar doktori, MGIMO Analitika Markazi direktori.
Dushanbeda 14-15 sentabrda KXShT Kengashi bo‘lib o‘tmoqda. Kengashning asosiy mavzularidan biri — O‘rta Osiyoda faollashayotgan terrorchilik guruhlariga qarshi kurash.
Ushbu muammolarning kelib chiqishiga bir qator sabablar bor: qo‘shni Afg‘onistondagi notinchlik, “Islom davlati” tahdidi, Ukraina mojarosi va Rossiya bilan G‘arb mamlakatlarining siyosiy qarama-qarshiligi tufayli sobiq Ittifoq mamlakatlarida paydo bo‘lgan umumiy og‘ir holat. Neft mahsulotlari qiymati pasayishi natijasida sodir bo‘lgan iqtisodiy qiyinchiliklar ham bunga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Sentabrda sobiq Mudofaa vaziri o‘rinbosari Abduhalim Nazarzoda tomonidan Tojikistonda uyushtirilgan bosqinchilik shular jumlasidandir. O‘shanda Rossiya prezideni V.Putin respublikada tinchlik o‘rnatishga yordam berishga tayor ekanligini ma’lum qilgandi.
Ushbu yordam asosan KXShT hamkorligi doirasida amalga oshirmoqda. Xususan Rossiya Tojikistonga arzon narxda yoki bepul qurol-yaroq yetkizib bermoqda va tojik harbiy ofitserlarini Rossiyadagi o‘quv yurtlarida tayorlamoqda. Tojikistonda 201 harbiy baza joylashtirilgan.
Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Kengash davomida KXShT rahbarlari hamkorlikni kengaytirish haqida kelishib olishdi. Bu, hozirgi kun sharoitida, Rossiyaning Tojikiston va qo‘shni Qirg‘izistonga yordamini kengaytirish demakdir.
KHShTning bosh sekretari Nikolay Bordujaning fikricha, yaqin kunlar ichida Tojikistonga harbiy-texnik yordam kengaytiriladi. Uning so‘zlariga qaraganda “Bizning asosiy postulat: Tojikiston — bu O‘rta Osiyoga kirish yo‘lida istehkom. KXShT davlatlarida ko‘plab chaqiriq va tahdidlar bor. Ular terrorchilik, ekstremizm, narkotik moddalar, noqonuniy migratsiya va ho kazolar. Tojikiston ushbu muammolarning cho‘qqisida turibdi va unga albatta yordam berish kerak.”
Dushanbeda umuman 20 dan ziyod siyosiy, harbiy va harbiy-texnik masalalar ko‘rib chiqilishi kerak.
KXShT shu damgacha biror O‘rta Osiyo davlatning ichki ishiga aralashmagan tashkilot va ishonamizki kelajakda ham aralashmaydi. O‘rta Osiyo davlatlarining ichki mojarolari asosan urug‘ va jamoalarning hokimiyat uchun kurashidan tashkil topgan. Xususan, KXShT kuchlari Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan revolsiyalarda ham aralashishdan bosh tordi. Qirg‘iz xalqi o‘z hukumatini o‘zi tayinlash va almashtirish huquqiga ega bo‘ldi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan voqealarga karamasdan. Xuddi shu narsa Tojkistonga ham tegishli.
KXShT - bu birinchi navbatda, a’zo davlatlarni tashqi tahdidlardan saqlovchi mexanizm. Albatta, agar Nazarzoda isoni yoki boshqa shunga o‘xshash hodisalar Tojikiston hududidan tashqariga chiqsa, (misol uchun: 1992-1997 yillardagi Tojikiston fuqarolar urushi davriga o‘xshab isonchilar Afg‘oniston hududidan boqinchilik uyushtirgan hollarda), tojik afg‘on chegarasida xavfsizlikni ta’minlash uchun KXShT aralashishga majbur bo‘ladi.
Umuman olganda Nazarzoda isoni tojik qurolli kuchlari yordamida muvaffaqiyatli bostirildi. Kelajakda bunday hodisalarni a’zo mamlakatlarning o‘z kuchlari yordamida bartaraf etish Tashkilot maqsadiga muvofiq bo‘lardi. Aks holda “Rossiya istilosi” va “suveren mamlakat ichki ishlariga aralashish” haqidagi ig‘volar tarqalishi mumkin.
KXShTda Moskva va Dushanbe hamkorligining muhim jihatlaridan biri bu narkotiklarga qarshi kurash bo‘ldi. Ma’lumki, Rossiya Afg‘oniston geroinini iste’mol qilish bo‘yicha dunyoda birinchi mamalakat, Tojikiston bo‘lsa narkotiklarning “Shimoliy yo‘nalish” bo‘ylab tarqaladigan yo‘nalishi “darvozasi”dir. 2015-yilda KXShT doirasida xalqaro taktik va maxsus-taktik "Grom-2015" o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotlar davomida Rossiyada hududida 150 kg geroin musodara qilindi. Shu qatorda Tojikistonda bir nechi geroin yo‘nalishlari topib yo‘q qilindi.
KXShT kengashi Tojikiston Islom uyg‘onish partiyasi (TIUP) ni ta’qiqlash ketayotgan bir paytda bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu partiya o‘tgan fuqaroliq urushi davrida hukumatga qarshi kuchlarning asosiy tayanchi bo‘lgan. Eslatib o‘shanda Moskvada hukumat va ziddiyat kuchlari orasida kelishilgan shartnomaga muvofiq Tojikistonda fuqaro urushini to‘xtatilgandi. Yaqinda Tojikiston hukumati tomonidan ushbu partiya faoliyatni ta’qiqlash va ularni parlamentdan siqib chiqarishilishi, yuqorida aytilgan general Nazarzoda ishtirokidagi ziddiyatni keltirib chiqardi. Bu holat hozirgi kun, sobiq Ittifoq respublikalarida turli ziddiyat va tahdidlar kuchaygan vaqtda, faqat Tojikistonga emas balki KXShT tashkilotlarining boshqa a’zolariga ham tahdid solishi mumkin.
Bir necha ekspertlar oldin ta’kidlab o‘tganidek, bu mojarolar nafaqat Tojikistonda balki boshqa unga migratsion bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarda radikal islom oqimlarigining yashirin guruhlari faollashishiga olib kelishi mumkin.
Bo‘lib o‘tgan voqealarni tahlil qilish uchun va KXShT qo‘shma harbiy kuchlarini O‘rta Osiyoning eng tahdidli hududlariga yuborish borasida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish munosobati bilan Tojikiston poytaxti Kengash uchun juda ma’qul joy. KXShTning opreativ Qo‘shma kuchlari mavjud (KSOR). ushbu kuchlar, Afg‘oniston eksremistik guruhlari agressiya qilgan taqdirda, O‘rta Osiy mamlakatlarining asosiy umididir.
Tojik-Afg‘oyen chegarasi hududi ushbu o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun poligon vazifasida tanlangani bejiz emas. Bunday keng miqyosdagi mashg‘ulotlar KXShT birinchi bor o‘tkazdi. Tashkilot bergan xabarga ko‘ra ular muvaffaqiyatli o‘tdi.
Shu filning sentabr-oktabr oylarida Armanistonda ham KXShT o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Kengash davomida O‘rta Osiyning KXShTga kirmagan davlatlari atrofida vaziyatning keskinlashuvi alohida muhokama qilinadi. Ular qatorida birinchi o‘rinda Turkmaniston. Hoirgi paytda u o‘zining Afg‘oniston bilan chegarasida juda katta muammolarga duch kelmoqda. Xususan Nikolay Borduja fikriga ko‘ra, agar viziyat yanada og‘irlashsa, Turkmaniston KXShTning yordamiga umid qilishi mumkin. Bu albatta harbiy yordam bo‘lishi shart emas, siyosiy yordam ham bo‘lishi mumkin. KXShT kengayishi hozircha rejalashtirilmagan.
Umuman olganda KXShT Kengashining asosiy maqsadi – o‘z faoliyatining ijobiy asosi, ya’ni sobiq Ittifoqning eng tahdidli hududlaridan biri — O‘rta Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlab turganligini yana bir eslatib o‘tishdir.
Avtor fikri tahririyat fikri bilan to‘g‘ri kelmasligi mumkin.