TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Tojkiston poytaxtida KXShT Kengashi uchrashuviga tayorgarlik ko‘rilmoqda. 14-15 sentabrda Dushanbeda KXShT navbatdagi Kengashi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Tojikiston prezidenti Emomali Raxmon, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev, Armeniya prezidenti Serj Sargsan, Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko va Rossiya prezidenti Vladimir Putin qatnashadi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov, KXShT Kengashi o‘tkazishdan oldin, Tojikiston va Dushanbeda hozirgi paytda vaziyat tinch ekanligini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti Tojikistonga ikki kunlik tashrif bilan keladi. Tashrif davomida region xavfsizligiga oid bir qator masalalar, xususan isonchi general Abduhalim Nazarzoda bilan bog‘liq bo‘lgan holat ham ko‘rib chiqiladi. Tashrifining birinchi kunida, Putin Emomali Rahmon bilan alohida uchrashadi va KXShT rahbarlarining norasmiy kechgi ovqatida qatnashadi.
Ikki mamlakat rahbari ushbu yil 9-may bayram namoyishida Moskvada va 8-iyulda Ufada uchrashishgan edi. Undan tashqari 5-sentabr kuni V. Putin telefon orqali Tojikiston rahbariyatiga respublikada osoyishtalikni saqlashda hamdarlik bildirgandi.
“Albatta, biz har qanday yordam va siyosiy madad berishga tayormiz. Mening fikrimcha bu uchrashuvda asosiy masalalardan biri bo‘ladi. Emomali Rahmon o‘z navbatida bo‘lib o‘tgan voqealarning tafsilotlari bilan tanishtiradi va vaziyatni barqarorlashtirish yo‘lida qilingan ishlar haqida ma’lumot beradi” – dedi Rossiya prezidenti yordamchisi.
Undan tashqari, muzokaralar chog‘ida himoya va xavfsizlik hamda xalq xo‘jaligi borasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
KXShT Kengashining ikkinchi kunida Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev bilan uchrashadi. Urashuvning markaziy mavzusi — Qirg‘izistonni YeOII (YeAES)ga qo‘shilish mavzusidir.
Muzokaralar natijasida, tomonlar zamonaviy chaqiriq va tahlikalarga bir xil yondashish borasidagi umumiy bayonotga qo‘l qo‘yishadi. KXShTning hozirgi kundagi faoliyati haqida o‘ndan ortiq hujjatlar imzolanadi.
Keyingi yilda KXShTda Armaniston boshchilik qiladi. Keyingi yilning sentabr-oktabr oylarida “Buzilmas birodarlik — 2015” nomli tinchlikparvar kuchlarining o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Kollektiv Hamkorlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) 1992 yida, Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan tashkil qilindi. 2012-yilda O‘zbekiston KXShTni tark etdi. Hozirgi kunda KXShTga yuqoridagi besh mamlakat va Belorussiya kiradi.
KXShT maqsadi – tinchlikni, xalqaro va regional xavfsizlikni mustahkamlash. Kolllektivlik ravishda a’zo mamlakatlarning mustaqilligini va territorial bo‘linmasligini ta’minlash. Tashkilot a’zolari ushbu tashkilotda o‘z ixtiyorlari bilan, boshqa a’zolarning mustaqilligini so‘zsiz tan olgan holda va bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik sharti bilan qatnashadilar.