Makkada kran qulashi oqibatida O‘zbekistonlik ziyoratchilar zarar ko‘rmadi

Obuna bo‘lish
Hozir Makkada 2683 nafar O‘zbekistonlik ziyoratchi safarda

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Kecha Makkaning Al-Haram masjidida kran qulashi oqibatida O‘zbekistonlik ziyoratchilar zarar qo‘rmadi — deb xabar berdi O‘zbekiston Musulmonlar idorasi.

11 sentabr kuni soat 16:00 dan keyin Makkada kuchli shamol va bo‘ron boshlandi. Uning oqibatida Al-Haram masjidida o‘rnatilgan kranlardan biri "Ka’ba"dagi yuzlab ziyoratchilar ibodat qilayotgan maydonnig janubiy qismiga qulab tushdi. Fojea oqibatida 107 ziratchi qurbon bo‘ldi, 238 — jarohatlandi. Zarar ko‘rganlarning ko‘pchilligi Hindiston va Pokiston fuqarolari ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Sodir bo‘lgan favqulodda holat natijasida O‘zbekistonlik ziyoratchilarni tashuvchi avtobuslar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Ziyoratchilarga mehmonxonada qolish tavsiya etildi.

Makka, Saudiya Arabistoni - Sputnik O‘zbekiston
Sentabrda 5 mingdan ziyod O‘zbekistonliklar haj safariga chiqadilar
11 Sentabr kuni Makkada 2683 O‘zbekistonlik ziratchi bo‘lgan. Ular orasida zarar ko‘rganlar yo‘q. Fojea vaqtida ularning ko‘pchilligi mehmonxonada bo‘lishgan. Oqshom soat 24:00 da avtobuslar harakati qayta tiklandi va ziyoratchilar ibodatlarini davom ettirdilar.

Bu yil O‘zbekistondan jami 5200 ziyoratchi Makka safariga borish rejalashtirilgan. Ziyoratchilar Samarqand, Buxoro, Toshkent, Termez, Namangan va Urganch shaharlaridan "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi yordamida Makkaga uchadilar. O‘zbekiston xukumati va O‘zbekiston Musulmonlar idorasi tomonidan tashkil qilingan ushbu ziyoratlar 8-oktabrda yakunlanadi.

Yangiliklar lentasi
0