O‘zbekistonda Avgust, Sentabr oylari bu — to‘y o‘tkazish fasli.
Har bir O‘zbek hayotida to‘y — katta ahamiyatga ega. Ko‘pchillik hashamdor to‘y qilsam deb orzu qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, yil sayin to‘y dabdabalari meyori oshib-toshib bormoqda.
Albatta bunga havas qilsa bo‘ladi, lekin ushbu hashamatli marosimlar oilaning hamonini butunlay quritmoqda. Undan tashqari, yo‘llarni to‘sib qo‘yadigan uzundan uzoq to‘y kortejlari, yarim tungacha davom etadigan baland musiqa sadolari jamiyatning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsizlik emasmikin, degan savol tug‘iladi.
O‘zbekiston hukumati bir ne yildan buyon to‘ylardagi ortiqcha "hashamat" bilan kurash olib bormoqda. Bu borada Prezident farmoni 1998-yilda qabul qilingan.
To‘ylarni kamtarin o‘tkazish uchun tavsiyanoma:
Mehmonlar soni 100 kishigacha;
To‘y kortejida avtomobillar soni 4 tagacha;
To‘y tantanalarini soat 22:00 gacha tugatish;