TOShKENT, 11 sen — Sputnik. "O‘zbekiston havo yullari" Yevropa mamlakatlariga parvoz qilish uchun Yevropa Aviatsiya Xavfsizligi agentligining (EASA) ruxsatnomasini oldi.
2014 yil may oyidan boshlab Yevropa Ittifoqida havo kemalari xavfsizligi nazoratini ta’minlash bo‘yicha yangi reglament kuchga kirdi – deb xabar berdi Sputnik muxbiriga kompaniya vakili.
“Xavfsizlik inspeksiyasi ruxsatnomasini olish uchun aviakompaniyada muhim ishlar qilindi” – xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Kompaniya YeASAga kerakli axborotning barchasini taqdim qildi – operatsion faoliyat, havo kemalari va uchish xavfsizligi boshqaruv tizimlarining tadbiq qilinishi haqidagi ma’lumotlar.
Bugungi kunda “O‘zbekiston havo yo‘llari” 40dan ortiq shaharga qatnovlar tashkil qilgan, 25 mamlakatda kompaniya vakolatxonalari ishlab kelmoqda.