O‘zbekiston – bebosh ranglar mamlakati

© Zulfiya SultonZulfiya Sulton dizayner ijodi mahsuloti
Zulfiya Sulton dizayner ijodi mahsuloti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashhur italiyalik sartarosh-stilist Karlo Bay o‘zbek matolarini ajoyib, qizlarini jozibali deb baholadi.

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. O‘zbekiston — rang-barang matolar, jozibali qizlar va bebosh ranglar mamlakati, har qanday stilist uchun bu yer haqiqiy Makka — dedi, Toshkentga 3 kunga kelgan italiyalik sartarosh-stilist.

Karlo Bay O‘zbekistonlik 120 nafar sartaroshga soch qirqish, soch turmaklash bo‘yicha seminarlar o‘tkazadi.

“Yevropaliklar uchun O‘zbekiston juda g‘ayrioddiy, ayniqsa mening hamkasabalarim uchun. Yorqin ranglar, ajoyib sharqona matolar – bularning hammasi juda tabiiy ko‘rinadi, ayniqsa uzun sochli ayollar egnida. Men kalta kesilgan sochlarni juda kam ko‘rdim” — dedi italiyalik stilist Sputnik muxbiriga.

Uning fikricha, o‘zbek ayollarining ayni mana shu – tabiy rangli uzun sochlarni yoqtirish xususiyati,   O‘zbekistonni har qanday stilist ijodi uchun qiziqarli joyga aylantiradi.  

“O‘zbekistonga o‘xshagan ko‘p millatli mamlakatlarda, inson jismining o‘ziga xos uyg‘unligi paydo bo‘ladi. O‘nlab millatlar birligi taajjubli natija keltirib chiqaradi – o‘zbek ayollari juda xushqad, jozibali. Shu bilan birga ular tabiiy go‘zallikni yoqtirishadi. Bunday chiroyni faqat bir juft yorqin chiziq bilan ifodalash kerak xolos” — deydi Bay.

Tashrif davomida master-klasslar tashkil qilinib, unda italiyalik stilist o‘z qo‘li bilan, bir necha esda qoladigan soch turmagi yasab ko‘rsatdi.

Karlo Bay va o‘zbekistonlik Fabienne Inter Group vakillari yil oxirigacha, italiyaning KROM brendi ostida, soch parvarishlaydigan mahsulotlar  ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.

Karlo Bay dunyoning yetakchi dizayner va moda uylari bilan ishlaydi, Florensiyada Sartaroshlik akademiyasini tashkil qilgan. Dunyoning turli burchaklarida, 30dan ortiq Carlo Bay nomli xususiy sartaroshxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0