TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Toshkentda 10-sentabrdan boshlab Yo‘l patrul xizmati statsionar va ko‘chma postlarida avtomobillarni ekologik tekshiruvdan o‘tkaza boshladi, xabar berdi Sputnikning Toshkentdagi muxbiri.
Poytaxt haydovchilari “Toza Havo” aksiyasi doirasida, bunday tekshiruvdan yiliga ikki marta o‘tadilar: aprelda va sentabrda. Bir oy davomida Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi (YHXBB) xodimlari gavjum ko‘chalarda avtomobillarni saralab tekshiradilar.
“Foydalanish muddati 15-yildan oshgan, karburatorli va dizelli avtomobillarga alohida e’tibor beriladi. Zararli moddalar normadan oshganligi aniqlanganda ot-ulov egasiga jarima solinib, kamchilikni bartaraf ettirishga yo‘riqnoma beriladi”, — tushuntirdi Sputnik muxbiriga uni to‘xtatgan YHX xodimi.
Poytaxtda avtomobillar soni tezlik bilan o‘sib bormoqda. Hozirgi kunda ularning soni 430mingda oshgan, boshqa viloyatlardan kelgan haydovchilarni hisobga olmaganda.
Jamoat transporti ham bundan chetda qolmaydi. Avtobus va marshrutkalar oxirgi bekatlarda, transport parklarida tekshiriladi.