TOShKENT, 9 sen – Sputnik, Anna Stolyarova. "Rosoboroneksport" rahbari o‘rinbosari Sergey Goreslavskiy aytishicha, oxirgi 15-yil ichida qurol-aslaha bozori 28 mlrd.dan 85 mlrd. dollarga o‘sdi.
Nima sababdan qurol-aslaha va harbiy texnika bozori uch baravar oshdi. Bu savolni Sputnik Rossiya tashqi mudofaa siyosati bo‘yicha davlat maslahatchisi Vladimir Rubanovga berdi.
Notinch hududlar
Afsuski, dunyoda, oxirgi paytda qurolli mojarolar soni o‘sib bormoqda. Shu monosobat bilan qurol-aslaha iste’moli va uni yo‘q qilish (ishdan chiqarish) hajmi ko‘payib bormoqda. Ekspert fikricha bozor o‘sishining asosiy sababi shu.
“Butun dunyo bo‘ylab to‘qnashuvlar soni oshib bormoqda. Albatta jiddiy to‘qnashuvlar qurol talab qiladi,” — tushuntirdi ekspert.
Xarqaro huquqlar buzilganda, BMT va boshqa xavfsizlikni ta’minlovchi tashkilotlar, yomon ishlaydi.
Demak — hamma o‘zi uchun?
Gap xavfsizlik haqida ketganda, davlatlar, xalqaro huquq yoki ittifoqchilik munosobatlariga umid qilmaydi. Har bir mamlakat, allaqachton kerakli xulosa chiqarib olgan. Ittifoqchi davlatlar va’dasiga qaramasdan, har bir davlat o‘z huquqini himoya qila olishga qodir bo‘lishi kerak.
“Oxirgi voqealar shuni ko‘rsatadiki, o‘zingni o‘zing himoya qilmasang, birov himoya qilmaydi”, — fikrlaydi Rubanov.
Texnika qimmatlashdi.
Yana bir holat, butun dunyoda mojarolar ko‘payishi bilan, qurol-aslaha narxi ham o‘sdi. Buning oqibatida esa qurol yarog‘ bozori son miqdorida oshmagan bo‘lsa-da, pul hajmi oshdi. Valyutalarning ham hajmi oshib, qadri esa yil sayin kamayib bormoqda.
O‘sishining uchinchi sababi – albatta texnikaning murakkablashishi. Har xil yangi tizim va texnologiyalar qo‘llanilayapti, qurollar Rubanovning so‘zlariga qaraganda yangi texnologiyalar bilan “to‘ldirilayapti”. Bu esa albatta ularning narxini o‘sishga olib keladi.