Prokuratura: Biznes ustidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlarni nazorat ostiga olamiz.

© fotoliaQonun va odil sud timsollari
Qonun va odil sud timsollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuror tadbirkorlar yo‘liga g‘ov bulayotgan barcha to‘siqlarni olib tashlash maqsadida sud tizimini tubdan o‘zgartirish kerakligini aytdi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. PRokuratura organlari tadbirkorlarni himoya qilish uchun, ularga qarshi qo‘zg‘atilgan ishlarni diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak deb hisoblaydi, respublika bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev.    

Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi vaqtda O‘zbekistonda, tadbirkorlarni davlat nazorat organlarining noqonuniy aralashuvidan himoya qilish uchun bir necha hujjatlar qabul qilingan.

“Tadbirkorga qarshi qo‘zg‘atilgan har bir jinoiy ish, bundan buyon diqqat bilan o‘rganib chiqiladi. Ularni asossiz ayblamaslik uchun, mutaxassislar dalillarni diqqat bilan o‘rganib chiqiadi,” – dedi Abdullayev, konferensiyada so‘zlagan nutqida.

Bosh prokuror aytishicha, tadbirkorlarbiznesni ro‘yxatga qo‘yish, ruxsatnoma yoki litsenziya olish payti asosiy qiyinchiliklarga duch keladi. Bunday paytda ulardan ortiqcha hujjat talab qilinadi va asoslanmagan tekshiruvlar  o‘tkaziladi.

“Prokuratura xodimlari bu sohada katta ishlar olib bormoqda. 2015-yil boshidan buyon, prokuraturaning 71 xodimi tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashgani uchun javobgarlikka tortildi,” — dedi u.  

O‘zbekiston jinoyat kodeksi 2015yil avgustda bir qator moddalar bilan to‘ldirildi. Ushbu moddadalar mansabdar shaxslarning tadbirkor faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning ishini noqonuniy to‘xtatib qo‘yish,  tekshiruv jadvaliga amal qilmaslik va majburiy homiylikka tortish kabi hatti-harakatlar uchun javobgarlikini oshirdi.

Undan tashqari naqd pul berishdan bosh tortish, imtiyozlardan foydalanishga qarshilik ko‘rsatish kabi ishlar uchun bank xodimlari javobgarligi oshirirlda.

Yangiliklar lentasi
0