TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Issiq Ko‘l bo‘yida “Osiyo hamkorlik va tinchlik hududi” shiori ostida Xalqaro sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda, xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston.
8 mamlakat sportchilari Baktuu-Dolonotu qishlog‘iga, bu yil 15-marta o‘tkazilayotgan, an’anaviy musobaqalarda qatnashish uchun kelishdi.
Bu yil medallar uchun O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Latviya, Tojikiston, Germaniya va Xitoy vakillari kurashadi. Musobaqa tantanali ochilishi shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarning asosiy maqsadi, Qirg‘iziston Fizkultura va Sport qo‘mitasi raisi Sheyshenkul Bakirov so‘zlariga qaraganda, bu xalqlar va sport tashkilotlari orasida do‘stlikni kuchaytirishdir.
Bu yil sportniy 14 turi bo‘yicha sovrinlar taqsimlanadi. Ular orasida armrestling, stritbol, voleybol, yengil atletika va plyaj kurashi bor. Issiq Ko‘l o‘yinlari 12-sentabrgacha cho‘ziladi.