Toshkentda yangi tramvay yo‘li quriladi.

Obuna bo‘lish
Toshkentda yangi tramvay yo‘li qurilishi boshlandi.

TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Toshkentda "O‘zbekiston temir yo‘llari" yangi tramvay yo‘li qura boshladi, deb xabar berdi kompaniya vakili Sputnik muxbiriga.

Avgust oyining boshida, Toshkentda eng ommaviy bo‘lgan "TTZ-Qo‘yliq" yo‘nalishidagi 13-tramvay yo‘nalishini buzish boshlangandi. Ushbu tramvay yo‘li Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan o‘tgan bo‘lib ko‘plab, uzunligi 21km ni tashkil qilardi. 

Endi bo‘lsa yangi tramvay yo‘li paydo bo‘lib eski yo‘nalishning bir qismini qamrab oladi.

“Yangi yo‘l kurilishi allaqachon boshlanganiga qaramasdan, biz  "Toshshahartransxizmat" AJ bilan birgalikda, uning bir necha variantini ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi suhbatdosh.   

Yo‘nalishning 3 km bo‘lgan yangi qismi “Toshkent mexanika zavodi” hududidan o‘tadi. Yangi yo‘nalish xalqda “Eski Toshmi” deyiladigan bekatdan boshlanib Ohangaron ko‘chasi yaqinida, Toshkent Mexanika zavodi darvozasi yonida, (avval Il-76 maketi turgan joyda) oldin konservatsiya qilingan tramvay yo‘li bilan ulanandi. O‘zunligi 5km bo‘lgan eski tramvay yo‘li yaxshi xolatda, ozroq ta’mirlansa bo‘ldi, deydi kompaniya vakili.

Oqibatda, yo‘nalish “Rohat” aylana yo‘ligacha cho‘ziladi. Umuman olganda, yo‘nalish hali o‘zgarishi mumkin,” deydi "O‘zbekiston temir yo‘llari" xodimi.    

 

Yangiliklar lentasi
0