TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonda eng yirik mobil aloqa operatori "Bilayn" o‘z abonentlari uchun bepul Wi-Fi zonasini kengaytirish maqsadida, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati 8-sentabrda, matbuot konferensiyasi davomida.
“Kompaniyaning barcha s’ay-harakatari foyda olishga qaratilmagan, ustiga-ustak, bu kabi qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish bizdan katta xarajat talab qilmaydi”, — dedi Oraz Abdurazaqov.
Toshkentning aynan qaysi hududlari bepul Wi-Fi zonasiga kiritilisha hozircha noma’lum, lekin kompaniya bu borada ish olib bormoqda.
Yaqinda, bilayn o‘zining markaziy ofisi yonida 700 kv.m maydonda bepul Wi-Fi zonasini ishga tushirdi. Kelajakda - bepul Wi-Fi Toshkent metrosida ishga tushirish mo‘ljallangan.
2015 yilning 2 choragida Bilayn abonentlari soni 10,263 millonni tashkil qildi. Kompaniya O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 3G va 4G LTE tarmoqlarini ishga tushirdi.