Turkiyada portlash natijasida 11 politsiyachi qurbon bo‘ldi

© AA/ Ensar ÖzdemirTurkiyada terakt
Turkiyada terakt - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’qiqlangan Qurdiston Ishchi partiyasi a’zolari politsiyachilar mikroavtobusini portlatdi.

 

TOShKENT, 8 sen – Sputnik. Turkiyada, mikroavbus portlashi natijasida, 11 politsiyachi qurbon bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti NTV telekanali ma’lumoti asosida.

Seshanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan Igdir viloyatida politsiyachilar mikroavtobusi portlatildi. Portlatish Turkiyada ta’qiqlangan Qurdiston Ishchi partiyasi a’zolari tomonidan amalga oshirilgan. Fojea mikroavtobus Turkiya — Ozarbayjon chegara punkti tomonga ketayotgan paytida sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuna aynan shu partiya jangarilari portlatgan minada 16 turk harbiysi qurbon bo‘lgan edi.

Bunga javoban, dushanba oqshom Turkiya havo kuchlarining 53 samolyoti Qurdiston jangarilari o‘rnashib olgan hududga hujum uyushtirdi:  130 ga yaqish bombalar tashlandi,  40dan ziyod jangarilar yo‘q qilindi.

Oldinroq, Turkiya bosh vaziri Ahmad Davuto‘g‘li Mamlakat hududini Qurdiston Ishchi partiyasi jangarilaridan tozalash uchun, qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishga va’da bergandi.

Mamlakatda vaziyat shu yilning iyul oyida Suriya chegarasida sodir bo‘lgan teraktdan keyin jiddiy keskinlashdi. Janubi-sharqiy viloyatlarda politsiyachilarni o‘ldirish holatlari yuz berdi. Bunga javoban Turkiya hukumati jangarilar o‘rnashgan hududlarni bir necha bor bombabo‘ron qilishgandi.

 

Yangiliklar lentasi
0