Aholining 96% o‘zini O‘zbekiston fuqarosi deb his qiladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston aholisining milliy xususiyatlari bu: mehnatsevarlik, halollik, ko‘ngilchanlik, mehmondo‘stlik va kattalarga hurmat.

 

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. "Ijtimoiy fikr" jamiyat fikrini o‘rganish markazi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 96% o‘zini O‘zbekiston fuqarosi ekanligini his qiladi.

Ushbu so‘rov maqsadi – respublika aholisining Mustaqillik yillarida “Milliy o‘zligini anglashi” shakllanish jarayoni va uning tuzilishi, millatlararo munosobatlarning ijobiy barqarorligi kelajagini o‘rganish. So‘rov respublikaning barcha burchaklaridan turli millat va turli dinga mansub aholi orasida o‘tkazildi.

So‘ralganlarning 97%dan ko‘pining fikricha: Vatan — bu tug‘ilib o‘sgan joy va yashayotgan uy timsolidir. Ular mamlakat tarixi va madaniyatini yaxshi bilishlari va o‘zlarini vatanparvar deb hisoblashlarini ma’lum qilganlar. Ko‘pchillik O‘zbekiston davlat gerbi va bayrog‘i bilan mag‘rurlanadi. "Mustaqillik – bu tarixiy rivojlanishning zarur bosqichi va mamlakatning ajralmas bo‘lagi", — deb hisoblaydi.

“Mustaqillik sizga nima berdi” degan savolga – O‘zbekistonliklar – ertangi kunga ishonch, o‘z kelajagini erkin belgilash huquqi  va miiliy urf-odatlarni saqlab qolish imkoniyati, deb javob berdilar.   

Salkam 92 % aholi — O‘zbekiston bu ko‘p millatli mamlakat va konstitutsiya barcha millat va din vakillariga bir xil huquq beradi deb hisoblaydi. So‘ralganlar orasida turli millat vakillari borligini hisobga olsak, bu aholining mutlaq hamjihatlikda yashayotgani va kelajakka ishonch bilan qarayotganining guvohi bo‘lamiz.  

 

 

Yangiliklar lentasi
0