O‘zbekiston bokschilari Bangkokda ikki oltin medal sovrindori bo‘lishdi

© Federatsiya boksa UzbekistanaO‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida
O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbeksitonlik Xasanboy Do‘smatov va Bektemir Meliqo‘ziyev boks bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘lishdi.

 

TOShKENT, 7 sen ─ Sputnik. O‘zbekistonlik bokschilar 5-sentabrda Bangkokda yakunlangan Osiyo chempionatidan ikki oltin medal olib kelishdi, deyilgan O‘zbekiston Boks federaqiyasi xabarida.

Mesobaqaning final kurashida Hasanboy Do‘smatov (49kg gacha bo‘lgan og‘irlik toifasida) Fillipinsik Rogen Ladon ustidan g‘alaba qozondi. Bektemir Meliqo‘ziyev bo‘lsa Hindistonlik Krisham Vikasam ustidan g‘alaba qozondi.  

Mesabaqa finaliga O‘zbekistonlik 5 sportchi chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari: Zoirov Shaxobiddin (vazn toifasi 52kg gacha), G‘oibnazarov Fazliddin (64 kg gacha) va Rasulov Elshod (81 kg gacha) kumush medal sovrindori bo‘lishdi.

O‘zbekiston jamoasi 2015-yil davomida bir necha yirik turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashdi. Bolgariyada o‘tkazilgan Strandj kubogida bokschilar besh oltin medal sovrindori bulib, umumjamoa hisobda g‘alaba qozonishdi.  

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati 1963-yildan buyon o‘tkazilib kelmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi uch marataba eng kuchli jamoa deb tan olingan. O‘tgan yil Iordaniyada o‘tkazilgan chempionatda milliy jamoa bir oltin, bir bronza va ikki kumush medal bilan jamoalar orasida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.  

 

Yangiliklar lentasi
0