O‘zbekiston – umri uzoqlar mamlakati

Obuna bo‘lish
2015 yil - Keksalarni e’zozlash yili.

TOShKENT, 31 avg – Sputnik. Ukrainaning tadqiqot markazi uzoq umr ko‘ruvchilar soni bo‘yicha davlatlar ro‘yxatini tuzdi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston oltinichi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi.

Kompaniya xabariga  ko‘ra, hozirgi paytda O‘zbekistonda 8700 mingga yaqin uzoq umr ko‘ruvchilar bor. Bundan ko‘p 100 yoshdan oshgan aholi Yaponiya, Xitoy, AQSh, Buyuk britaniya va Italiya.

Lekin qariyalar sonini umumiy aholi miqyosida hisoblaganda O‘zbekiston Yaponiya va Buyuk Britaniyadan keyin uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekistonda aholining o‘rta yoshi tezlik bilan oshib bormoqda. Ushbu ko‘rsatkich ikki yil davomida besh yoshga oshdi va erkaklar orasida 73,5 yoshni, ayollar orasida 75,8 ni tashkil qildi. Respublikada yoshi 60da oshganlar soni 2 873 ming kishini, 80yoshdan oshganlar soni – 225 ming kishini va 100 yoshdan oshganlar soni 900 mingga yaqin kishini tashkil qildi.

O‘zbekistonda keksalarni e’zozlash – xalq-urf odatining qadimiy an’anasidir. Jamiyatda qariyalarga doimo hurmat bilan qarashadi va ularning fikriga quloq solishadi. Bayramlarda va oila dasturxoni atrofida keksalar doim eng to‘rda o‘tirishadi. Qariyalarni hech qachon bir o‘zlarini tashlab ketmaydilar. Bolalardan biri albatta ota-onasi bilan birga yashab ularga g‘amxo‘rlik qiladi. Odatda bu kenja o‘g‘il.

O‘zbekiston hukumati keksalar haqida g‘amxo‘rlikni qilishni davlat dasturiga aylantirgan. Respublika prezidenti 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qildi. Ushbu dastur qariyalar nafaqalarini oshirish, ularga har xil imtiyozlar berish, bayramlarda qutlash va boshqa xayrli ishlarni ko‘zda tutgan. O‘zbekistonda nafaqalar har yil 10-15%ga oshadi. Bu yil ham nafaqalar 1-sentabrdan boshlab 10% ga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0