TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Shanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti (SHISU) talabalari o‘zbek tilini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, deb xabar berdi “Jahon” axborot agentligi.
Ikki mamlakat orasidagi madaniy-gumanitar aloqalar yil sayin mustahkamlanib bormoqda.
Toshkent va Samarqandda Konfutsiy institutlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shanxay Universiteti huzuridagi ShHT jamoat diplomatiyasi ilmiy-tadqiqot institutida “O‘zbekiston tadqiqotlari va ma’rifiy almashuvlar markazi” faoliyat ko‘rsatmoqda.
Toshkent va Shanxay shaharlari orasida mustahkam siyosiy-iqtisodiy aloqalar o‘rnatilgan. O‘zbekiston prezidentining Shanxayga birinchi tashrifi 2012-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Shanxay Toshkentga qardosh shahar deb e’lon qilingan.
2014 yilning mayida O‘zbekiston prezidentining ikkinchi tashrifi bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Islom Karimovning, Osiyo hamkorligi va Ishonch choralari kengashi doirasida, XXR raisi Si Szinpin bilan ikki yoqlama uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.