TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Ozarbayjon shimolida magnitudasi 5,4 ball bo‘lgan yer qimirlashi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi AQSh Geologiya xizmati (USGS).
Yer osti silkinishlari tongda mahalliy vaqt bilan 7:49da bo‘ldi.
Yer qimirlash markazi Oguz shahridan 15km janubi-sharqda joylashgan bo‘lib, chuqurligi 13.8 km ni tashkil qildi.