TOShKENT, 3 sen – Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi 2018-yil Jahon chempionati 2chi saralash bosqichida Yaman jamoasi ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Paxtakor stadionida bo‘lib o‘tgan "N" guruhining saralash o‘yinida, yarim himoyachi Azizbek Haydarov qatnashmagan bo‘lsa ham, milliy jamoa g‘alaba qozondi.
O‘yinning 51 minutida yakkayu yagona golni Aleksandr Geynrix urdi. Endilikda mamlakat terma jamoasiga yana uch ochko yig‘ish kerak xolos. Jamoaning keyingi o‘yini 8-sentabrda Fillipinga qarshi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘yindan boshlab boshlab kurashishga kirishdi. Iyunda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda jamoa Shimoliy Koreya jamoasidan mag‘lub bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, saralovning keyingi 3chi bosqichiga sakkizta guruh g‘oliblari va yana eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 jamoa chiqadi.